• info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
Jizzax viloyati Zarbdor tumani Zarbdor tuman -kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
    • Bo'sh ish o'rinlari
    • Ish reja va hisobotlar
    • Kutubxonadan foydalanish
    • ME'YORIY HUJJATLAR
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Yangiliklar
    • Barchasi
    • Yangiliklar
    • E’lonlar
    • Tadbirlar
    • Virtual ko’rgazmalar
    • Bibliografik eslatma
    • Maqolalar
    • Yangi kelgan adabiyotlar
  • Elektron kitoblar
    • Elektron kitoblar
    • Kitob buyurtma berish

Kutubxonadan foydalanish


Jizzax viloyat    Sharof  Rashidov   tumani  axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari.

                                                                                         I.Umumiy qoidalar

        Sharof  Rashidov   tumani  axborot-kutubxona markazi  (keyingi matnda - Markaz) demokratik insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuqarolik, shaxsning erkin kamol topish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

Markaz foydalanuvchilarga asosiy axborot-kutubxona xizmatlarini bepul amalga oshiradi.

Kutubxona garderobida katta hajmdagi buyumlar, yong‘in holatiga sabab bo‘luvchi buyumlar, qimmatbaho buyum va pullar vaqtinchalik saqlash uchun ham qoldirilmaydi. Kutubxona ma’muriyati garderobda qoldirilgan qimmatbaho buyum va pullar uchun javobgar hisoblanmaydi.

                                                         II. Axborot-kutubxona markazlarining asosiy vazifalari

 2.1. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, kitoblar va boshqa materiallarning saqlanishini ta’minlash haqidagi qoidalarga muvofiq axborot-kutubxona fondlaridagi hujjatlar va materiallarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishga imkoniyat yaratish.

2.2.Universal axborot-resurslari, milliy va xorijiy bosma audiovizual elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.

2.3.Foydalanuvchilar so‘roviga asosan boshqa axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda mavjud axborot-kutubxona hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatini yaratish.

2.4.Axborot mahsulotlarini yaratish va ularni hududlardagi boshqa axborot-kutubxona muassasalariga foydalanish uchun taqdim etib borish.

                                                 III.Foydalanuvchilarning markazdan foydalanish huquqi

  3.1. Markaz foydalanuvchisi – axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxs.

3.2.AKMga a’zo bo‘lish uchun foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasporti, voyaga etmagan foydalanuvchilar esa tug‘ilganlik haqida guvohnoma va ota-onalar yoki vasiylarning pasporti taqdim etishi zarur. Kutubxonadan foydalanishda markaz joylashgan hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi yoki boshqa hududda istiqomat qilishi kutubxonadan foydalanishiga mone’lik qilmaydi. AKMga a’zo bo‘lish Markaz tomonidan tasdiqlangan “Pullik xizmat ko‘rsatish preyskuranti”ga asosan amalga oshiriladi.

.3.Chet el fuqarolarining vaqtinchalik kutubxonadan foydalanishi huquqini shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosa oladigan hujjat) asosida beriladi.

3.4. Foydalanuvchilar kutubxona xizmatlaridan foydalanishda va kutubxonalarni tanlashda erkin tanlash huquqiga egadirlar.

3.5.Kutubxona foydalanuvchisining huquqlari:

3.5.1.Foydlanuvchi har qanday kutubxonadan axborot-kutubxona fondida mavjud hujjatlardan bepul foydalanish;

3.5.2.Bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;

3.5.3.Foydalanuvchi axborot-kutubxona fondini yorituvchi kataloglar va boshqa axborot berish shakllari orqali ma’lumot olish;

3.5.4.Foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli axborotni izlashda kutubxona mutaxassisidan bepul maslahatlar olish;

3.5.5.Axborot-kutubxona fondidagi har qanday hujjatdan vaqtinchalik foydalanish;

3.5.6.Kutubxonalararo abonement orqali hujjatlarga buyurtma berish, foydalanish hamda ularning ma’lum qismidan belgilangan qonun doirasida nusxa olish;

3.5.7.Markazning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan pullik xizmatlar preyskurantida belgilangan xizmatlardan foydalanish;

3.5.8.O‘qish zallarida bir vaqtning o‘zida _____gacha kerakli adabiyotlarga buyurtma berish (kun davomida adabiyot/hujjatlardan foydalanish soni cheklanmagan);

3.5.9.Foydalanuvchining talabi va ixtiyoriga ko‘ra kutubxona hududidan axborot-kutubxona hujjatlarini foydalanish uchun vaqtinchalik olib chiqish (adabiyot/hujjatlarni berish soni ___gacha, adabiyot/hujjatlarni qaytarish muddati olib ketilgan sanadan boshlab ___kun);

3.5.10.Foydalanuvchilar tomonidan uyga berilgan adabiyot/hujjatlarga so‘rov talabi kam bo‘lgan taqdirda, kutubxona binosidan tashqarida foydalanish uchun ____ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish;

3.5.11.O‘quv zallaridagi mavjud kompyuter uskunalaridan foydalanish;

3.5.12.Foydalanuvchi markaz faoliyatini rivojlantirishiga doir asosli taklif va mulohazalar berish;

3.5.13.Foydalanuvchilarning markaz mutaxassislari tomonidan huquqlari poymol etilgan taqdirda, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etish;

3.6.Markazdan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarning foydalanish huquqlari:

3.6.1.Markaz fondidagi mavjud barcha tillardagi adabiyot/ hujjatlardan foydalanish yoki kutubxonalararo abonement orqali buyurtma berish;

3.6.2.Markaz binosiga kelib foydalanish imkoniyati bo‘lmasa, istiqomat qilayotgan hududiga yaqin joyda joylashgan axborot-kutubxona markazi xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalanish hamda markaz mutaxassislari tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati orqali foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra xizmat ko‘rsatish;

3.6.3. O‘zbekiston Qahramoni, I  va  II darajali “Shon-sharaf” ordeni sohiblari, ___ darajagi nogironlar, urush qatnashchilari, harbiy harakatlar oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga navbatsiz kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish;

3.6.4.Foydalanuvchilarning nodir, noyob va alohida qimmatga ega nashrlardan zaruratiga ko‘ra maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish (markaz rahbariga yozma ravishda bildirishnoma orqali);

3.6.5.Markaz tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish.

                                                                       IV. Foydalanuvchilarning majburiyatlari

 4.1. Foydalanuvchilar ushbu markazdan foydalanish qoidalariga rioya qilishi shart.

4.2.Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Markazdan foydalanish qoidalari bilan tanishish zarur.

4.3.Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarida o‘zgarishlar (yashash joyi, familiyasi) ro‘y bergan taqdirda Markaz mutaxassisiga axborot berishi kerak.

4.4.Markaz foydalanuvchisining majburiyatlari:

4.4.1.Markaz mutaxassislariga nisbatan xushmuomila va do‘stona munosabatda bo‘lishi lozim.

4.4.2.Foydalanuvchi so‘roviga asosan qabul qilib olgan adabiyot/hujjatni ko‘zdan kechirishi va biror-bir nuqson aniqlangan taqdirda markaz mutaxassisiga bu haqda ma’lum qilishi kerak. Aks holda ushbu adabiyot/hujjatga etkazilgan zararga javobgar hisoblanadi.

4.4.3.Markaz fondidan olingan adabiyot/hujjat, turli axborot tashuvchilar orqali foydalanish uchun olingan qurilmalar, disklar va hokazolardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.

4.4.4.Foydalanuvchi markaz fondidan olgan adabiyot/hujjatlarni belgilangan muddatlarda qaytarish yoki uzaytirish mumkin. Foydalanish vaqtini uzaytirish bo‘yicha markaz mutaxassisini ogohlantirishi shart.

4.4.5.O‘qish zallaridan chiqish vaqtida foydalanish uchun olingan adabiyot/hujjat markaz mutaxassisiga topshiriladi yoki ochiq fondlardan olingan bo‘lsa doyiga qayta qo‘yishi mumkin.

4.4.6.O‘qish zallarida foydalanish uchun olingan adabiyot/hujjatlarni olib chiqish va boshqa zallarga o‘tib foydalanishga yo‘l vo‘yilmaydi hamda kitobni yirtish, biror belgi/chiziq qo‘yish, sahifalarini buklash taqiqlanadi.

4.4.7.Ochiq fondlardagi kitoblarning joylashish tartibini buzish, katalog va kartoteka kartochkalariga ziyon etkazish hamda ularni olib tashlash mumkin emas.

4.4.8.Markaz hududida shovqin ko‘tarmaslik, jimlikni saqlash, tozalik qoidalariga rioya etish talab etiladi.

4.4.9. Markaz fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarni yo‘qotgan va ular o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar etkazgan fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlar markaz direktori tomonidan belgilangan hujjat va materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish, almashtirish mumkin bo‘lmagan holatda ular qiymatining 10 barobar miqdorida qoplashga majbur. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 yanvardagi “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risi”dagi      26-son qarorining VIII-bandi: Kutubxonalarning talabnomalari bo‘yicha qaytarilmagan kitoblar, boshqa bosma asarlar va kutubxonalar zaxirasidan olingan o‘zga materiallar uchun qarzni undirish). Bu miqdor yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqib va amaldagi qonuniy hujjatlarga asoslanib markaz mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan belgilanadi.

4.4.10.Markaz hududida foydalanuvchilar shaxsiy mobil qurilmalarini tovushsiz holatga o‘tkazib kirishlari talab etiladi.

4.4.11.Texnika tartib qoidalariga amal qilish shart.

4.4.12. Markaz hududiga iste’mol suvlari, gazli ichimliklar bilan kirish ta’qiqlanadi. Zarurat tug‘ilganda, markaz pochbonlari tomonidan ichimlikni maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

4.4.13.Shaxsiy buyumlarni markaz xodimining nazorati yo‘q hududida ochiqdan-ochiq tashlab ketmaslik va maxsus buyumlar saqlash uchun mo‘ljallangan joyda qoldirish zarur.

4.4.14. Markaz hududiga mast holatda kelish va markaz binosida chekish qat’iyan man etiladi.

                                                                      V. O‘qish zallaridan foydalanish tartibi

 5.1.Xizmat ko‘rsatish zallariga foydalanuvchilarning ustki kiyim, shaxsiy sumkalar bilan kirishi ta’qiqlanadi. Ustki kiyim va shaxsiy buyumlarni markaz hududida saqlash uchun ajratilgan maxsus joy (garderob)da qoldirish talab etiladi.

5.2. O‘qish zallarida adabiyot/hujjatlarning berilishi Markazga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilarga beriladi va kitobxon formulyariga adabiyot/hujjatni qabul qilib olgan sanasi va shaxsiy imzosi bilan qayd etiladi. Bir martalik foydalanish uchun tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali adabiyot/ hujjatlar beriladi.

5.3.Markaz fondida mavjud bo‘lgan kitob, jurnal, gazeta, biror-bir hujjatdan kesib olingan parcha va boshqa bosma nashrlar foydalanuvchilar tomonidan olib kirilmaydi. Markaz fondida mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilarning shaxsiy kitoblariga markaz mutaxassisi tomonidan qog‘oz/blanka yopishtirilgandan so‘ng kiritilishi mumkin. Qog‘oz/blankaga adabiyot/hujjatlarni olib kirish sanasi yoziladi va muhr bosiladi.

5.4.O‘qish zallaridan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, foydalanuvchilar ma’muriyat tomonidan belgilangan muddatda Markazdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

5.5.Foydalanuvchilar tomonidan adabiyot/hujjatlar ma’lum muddat/vaqtga ushlab turishi (bron) mumkin.

5.6.Markazning kunlik ish vaqti tugashiga ____ daqiqa qolganda o‘qish zallarida foydalanish uchun berilgan markaz fondidagi adabiyot/hujjatlar mutaxassislarga topshiriladi.

                                                   VI. Markaz hududida kompyuterdan foydalanish qoidalari.

  6.1.Foydalanuvchilarga kompyuter jihozlaridan kompyuterlashgan maxsus joylarda foydalanishga ruxsat etiladi.

6.2.O‘qish zallariga foydalanuvchilar tomonidan shaxsiy kompyuter qurilmalari va quloqchinlarni olib kirishga ruxsat etiladi.

6.3.Foydalanuvchining shaxsiy axborot tashish qurilmasi markaz mutaxassisi tomonidan maxsus tekshiruv (virus aniqlovchi dastur)dan o‘tkazilgandan so‘ng elektron axborotdan nusxa ko‘chirishga ruxsat etiladi.

6.4.Foydalanuvchi kirishi ta’qiqlangan axborot manbalari ro‘yxati (ekstremistik, pornografik va boshq.)bilan tanishganligini shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi shart. Agarda ushbu manbalardan foydalanishga urinsa, bu holatda ______ muddatga markaz hududidagi kompyuterdan foydalanish huquqi cheklab quyiladi.

6.5.Foydalanuvchilarga kompyuter va kataloglardan foydalanish vaqtida quyidagilar man etiladi:

6.5.1.Kompyuter qurilmalariga istalgan dasturlarni o‘rnatish;

6.5.2.Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash;

6.5.3.Onlayn aloqa chatlaridan foydalanish;

6.5.4.Kompyuterlar va boshqa texnik vositalardan kutubxonada xizmat ko‘rsatish jarayoniga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish;

6.5.5.Kompyuterlarda nosozlik kuzatilgan taqdirda o‘zboshimchalik bilan tuzatish.

                                                             VII. Markazning huquq va majburiyatlari.

                                                                 Markazning majburiyatlari:

   7.1.Foydalanuvchilarni markazdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratish;

 7.2.Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va to‘liq qondirishga erishish;

  7.3.Kutubxonachilik, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;

  7.4.Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, zarur hujjat/materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;

  7.5.Foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish;

  7.6.Markazning axborot-kutubxona fondini katalog, kartotekalar hamda zamonaviy qidiruv tizimlari orqali ochib berish;

-qidiruv dasturlarini uzlkusiz ishlab turishini ta’minlash;

-foydalanuvchilarga qidiruv dasturlaridan foydalanish yuzasidan ko‘rsatma berish.

7.7.Foydalanuvchi tomonidan so‘ralgan adabiyot/hujjat markazning axborot-kutubxona fondida mavjud bo‘lmasa, kutubxonalararo abonement orqali so‘rovni amalga oshirish.

7.8.Ommaviy tadbirlarni zamon talablariga mos ravishda tashkil etish va o‘tkazish.

 7.9.Markazning xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, markaz fondlari va ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularning asosli istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil etish.

                                                     Markazning huquqlari:

 7.10.Markazning huquqlari yuqori turuvchi tashkilot orqali bevosita kelishiladi va tasdiqlanadi.

7.11.Nodir, noyob va qo‘lyozma nashrlarni ko‘rgazmaga qo‘yish, foydalanishva nusxa ko‘paytirishda cheklovlar belgilash;

7.12.Ushbu qoidaga asosan markaz moddiy boyliklari, jihoz, kitoblar va hokazolarga foydalanuvchilar tomonidan etkazilgan zararlarni qoplash miqdorini belgilab qo‘yish;

7.13.Foydalanuvchilarga markaz fondidan berilgan hujjatlarni o‘z vaqtida qaytirilishini nazorat qilish;

7.14.Yuridik va jismoniy shaxslar bilan maqsadli shartnomalar tuzishda markaz fondidan foydalanish shartlarini belgilab olish.

Jizzax viloyati Zarbdor tumani Zarbdor tuman -kutubxona markazi
+998 91 627 0073 info@shrashidovakm.uz

Uch tepa daxasi Yangi obod maxallasi Mustakillik kuchasi.

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Ish reja va hisobotlar
  • Kutubxonadan foydalanish
  • ME'YORIY HUJJATLAR
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Yangiliklar
  • Barchasi
  • Yangiliklar
  • E’lonlar
  • Tadbirlar
  • Virtual ko’rgazmalar
  • Bibliografik eslatma
  • Maqolalar
  • Yangi kelgan adabiyotlar
Elektron kitoblar
  • Elektron kitoblar
  • Kitob buyurtma berish
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan